Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Sun’iy intellektning o‘quvchilar hayotiga ta’siri” mavzusida qiziqarli va mazmunli DEBAT tashkil etildi.
Debatda 9-“A” va 9-“V” sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning imkoniyatlari, afzalliklari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Bahs-munozara davomida o‘quvchilar mustaqil fikrlash, o‘z nuqtayi nazarini asoslash, dalillar keltirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Debatning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va tanqidiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Zero, sun’iy intellekt — inson tafakkurining o‘rnini bosuvchi emas, balki bilim olishda undan oqilona foydalanishni talab qiluvchi zamonaviy vositadir!