2026-yil 18-noyabr kuni Shayxontohur tumani 13-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 35 yilligini keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida vatanparvarlik ruhidagi milliy filmlar namoyishi tashkil etildi.
Tadbir davomida yuqori sinf o‘quvchilariga XVII asrda yashab ijod qilgan, Samarqanddagi Registon majmuasi bunyodkorligi bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan Yalangto‘sh Bahodirning hayoti va faoliyati haqidagi tarixiy film namoyish etildi.
Film orqali o‘quvchilar buyuk ajdodlarimizning hayoti, jasorati, bunyodkorlik ishlari va tariximizdagi o‘rni haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy tariximizga hurmat, ajdodlarimiz bilan faxrlanish va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.