Maktabimizda haqiqiy zamonaviy pedagogik mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ustoz Mardonqulov Doston tomonidan maktablardagi interaktiv ekranlar va raqamli vositalardan dars jarayonida to‘g‘ri, samarali hamda qiziqarli foydalanish bo‘yicha maxsus seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda nimalar ko‘rib chiqildi?
Darslarni jonli va interaktiv qilish uchun GeoGebra, PhET Colorado, BioDigital va Geacron kabi ilg‘or ta’lim platformalaridan foydalanish yo‘llari ko‘rsatildi. O‘qituvchilar faqat nazariya bilan cheklanib qolmay, balki o‘quvchilarga fanni virtual olam orqali tushuntirish ko‘nikmalarini o‘z qo‘llari bilan sinab ko‘rishdi. Ustozlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga aniq va amaliy javoblar olishdi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarni darsga tatbiq etish – sifatli ta’lim garovidir.