Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kelajak soati” darsida “Ramzlarimiz — g‘ururimiz, o‘zligimiz — ildizimizdir” mavzusida darslar tashkil etildi. Darslar davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari — Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasining mazmun-mohiyati, tarixiy ahamiyati hamda milliy o‘zligimizni ifodalashdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va davlat ramzlariga nisbatan faxr tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.