Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumta’lim maktabining 1-V sinfida “Kelajak soati” mashg‘uloti doirasida “Kelajak kasblari” mavzusida dars mashgʻuloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga zamonaviy kasblar, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar turli kasblar bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan kasblar haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, har bir kasb egasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bilim olish, mehnatsevarlik va o‘z oldiga ezgu maqsadlar qo‘yishning ahamiyati ta’kidlandi.
O‘quvchilar kelajakda kim bo‘lishni orzu qilishlari haqida so‘zlab, o‘z orzu-maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Zero, bugungi bilimdon va intiluvchan bolalar — ertangi kunning yetuk mutaxassislari!
Oʻqituvchi: D.R.Shakirova