Otalar majlisi — farzand kelajagi yo‘lida muhim qadam!
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli maktabda “Dada, menga vaqt ajrating!” mavzusida otalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda farzand tarbiyasida otaning o‘rni, oiladagi mas’uliyat, ota va farzand o‘rtasidagi mehr-muhabbat hamda bolalarga yetarlicha vaqt ajratishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Majlisda quyidagi mehmonlar ishtirok etdilar:
Valiyeva Manzura — Yangiobod MFY raisi;
Sultonqulov Odil — Samarqand Darvoza MFY raisi;
Jalolova Sitora — maktab psixologi;
Xolboyev Qobiljon Kuziyevich — jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining tergov sudyasi.
Mehmonlar tomonidan farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, bolalarning ruhiy holatiga e’tibor qaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida muhim fikrlar bildirildi.