Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘quvchilar kengashi saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov davomida o‘quvchilar o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va tashabbuslariga mos yo‘nalishlarni tanlab, maktab hayotida faol ishtirok etish sari muhim qadam tashladilar.
O‘quvchilar kengashi faoliyati doirasida quyidagi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha koordinatorlar hamda Kelajak lideri belgilandi:
Kelajak lideri
Ta’lim koordinatori
Madaniyat koordinatori
IT va sun’iy intellekt koordinatori
Sport koordinatori
Ekologiya koordinatori
Media koordinatori
Ijtimoiy tashabbus koordinatori