Bugun, Yoshlar kuni doirasida Shayxontohur tumani hokimi tumandagi maktablarda faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yosh pedagoglarning kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi hamda olim va professorlar bilan hamkorlik qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda tuman prokurori va DXX tuman bo‘limi rahbari ham ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bu kabi uchrashuvlar Prezident tashabbuslari asosida yoshlarning ta’lim, ilm-fan va kasbiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi ishlarning amaliy ifodasidir.