Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda Kelajak soati o‘tkazildi. Dars davomida berilgan vazifalar qabul qilib olindi va o’quvchilar o‘zlarining fikrlarini erkin bildirishdi. Shuningdek, darsda o’quvchilar maktab direktori N.Ziyayeva bilan ochiq suhbat olib borishdi va kerakli tavsiyalar olishdi. Bu paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari ham o‘zlarining ijodkorlik mahoratlarini namoyish qildilar.