Joriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 11-apreldagi 06-06/3-634-sonli xati asosida Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi.
Ertalabki saflanishni O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishining oldini olish, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda ta’lim muassasasida xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.
Tadbir davomida o‘quvchilarning darslarga tayyorgarligi, kiyinish madaniyati va darslarga qatnashishi nazorat qilinib, maktab hududida tartib-intizom va xavfsizlik talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.