Tadbir davomida mehmonimiz Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig'i birinchi o'rinbosari podpolkovnik Tursunov Qahramon G'ayratovich o‘quvchilarga huquqiy-siyosiy mazmundagi nutqlari, giyohvandlikka va giyohvandlik savdosiga qarshi kurash chora-tadbirlari haqida ma'lumotlari bilan bir qatorda, oilaning jamiyat va Vatan hayotidagi o‘rni, oila qadriyatlari va Vatanga sadoqat kabi ezgu tushunchalar haqida tushuntirishlar berdilar.
O'quvchilar qiziqtirgan savollariga ochiq suhbat davomida javob olishdi. Shuningdek, Qahramon G'ayratovich tashriflari yakunida maktabimizga biriktirilgan qo'riqlash xodimiga kasbiy ko'nikmalarini o'rtoqlashishni ham unutmadilar.
Hozirgi davr dolzarb muammolaridan biri kiberjinoyatga qarshi Katta leytenant Damirova Shaxriza va leytenant Suvanova Nilufarlar zarur ogohlantirishlar berildi va xavfsizlikni ta'minlash borasida maslahatlar tavsiya etildi.