O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Shayxontohur tumani hokimi Ilg‘or mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, sport hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari va mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir!