Kitobxonlik festivali – ma’naviyat va tafakkur bayrami!
Bugun qalblarni nurga, onglarni ziyoga chorlovchi Kitobxonlik festivali bo‘lib o‘tdi. Festival davomida kitobsevarlar bir maskanda jam bo‘lib, sevimli asarlari, qiziqarli fikrlari va mutolaa zavqini bir-birlari bilan bo‘lishdilar.
Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, eng dono ustozi va qalbga yo‘l topuvchi bebaho xazinadir. Har bir o‘qilgan sahifa yangi fikr, yangi dunyoqarash va yangi marralar sari yetaklaydi.
Kitob o‘qing — tafakkuringiz yuksalsin!
Mutolaa qiling — kelajagingiz porlasin!