Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli maktabning "Boshlangʻich ta’lim" metodbirlashmasida TIMSS va PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik maqsadida "KICHIK OLIMPIADA-2026" tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovda barcha sinflardan sinf bosqichida matematika, ona tili, tabiiy fanlardan 1-2-3-o‘rinni egallagan oʻquvchilar ishtirok etishyapti. Oʻquvchilar o‘z bilimlarini do‘stlari bilan birga sinab ko‘rmoqdalar.
BARCHA OʻQUVCHILARGA OMAD TILAYMIZ.