Shayxontohur tumani 13- sonli maktabning Rus tili fani oʻqituvchilari bo‘lib o‘tgan pedagog kadrlar attestatsiyasi natijasiga ko‘ra:
Berdimurodova Oygul 94 ball, Tursunova Zahro 86 bilan Oliy toifa va 70 ball Vazir jamg‘armasidan beriladigan ustamaga ega boʻlishdi.
Sizlarni attestatsiyadan yuqori ball bilan muvaffaqiyatli o‘tganingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Bu yutuq — sizning tinimsiz mehnatingiz, sabr-toqatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingizning yorqin natijasidir.
Sizlar nafaqat bilim beruvchi, balki kelajakni tarbiyalovchi buyuk insonlarsiz. Har bir erishgan natijangiz ortida katta fidoyilik va mas’uliyat yotadi.
Kelgusi faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar, ilhom va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Siz bilan faxrlanamiz!