Shayxontohur tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining 1-bosqichiga start berildi.
Ushbu bosqichda ishtirokchilar test sinovlari orqali o‘z bilim va kasbiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Test jarayonlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 36 nafar xodimlar ishtirok etdi.
Jarayonlar belgilangan talablar asosida shaffof va adolatli tarzda baholandi.
Mazkur tanlov pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish va maktabgacha ta’lim tizimi sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.