Toshkent shahrida 2026-yil 6–10-aprel kunlari “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida keng joriy etish bo‘yicha mentor-trenerlar va pedagoglarni tayyorlashga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursining birinchi bosqichi boshlandi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
➖O‘quv kurslarining asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda “Ilk qadam” dasturini amaliyotga samarali joriy etishdan iborat.
➖Ma’lumot uchun: Kurslar kaskad usulida tashkil etilib, aprel–avgust oylarida bosqichma-bosqich butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi. Unda barcha pedagoglar, rahbar xodimlar va mutaxassislar qamrab olinadi.