Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sinflarida “Kelajak soati” darsi doirasida “O‘zbek madaniyati” mavzusida navbatdagi dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga milliy madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz, boy tarixiy merosimiz haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, o‘zlikni anglash va ma’naviy barkamollikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu darslar yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.