Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Payshanba kuni doirasida “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi, ularning fikr va orzu-maqsadlari tinglandi.
Shuningdek, bayramona kayfiyatda milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida o‘quvchilar raqsga tushib, Navro‘z shodiyonasiga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Tadbir davomida mehr-oqibat, birlik va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z ruhi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Navro‘z — yangilanish va ezgulik bayrami! Barchaga quvonch, baraka va ko‘tarinki kayfiyat olib kelsin!
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.