Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sinflarida “Kelajak soati” darsi doirasida “Yil boshi — Navro‘z” mavzusida navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga Navro‘z bayramining tarixi, milliy an’analarimizdagi o‘rni hamda xalqimizning qadriyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarda milliy urf-odatlarga hurmat, mehr-oqibat va birdamlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitib, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.