13–14 mart kunlari Toshkent shahridagi Shayxontohur tumanida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida umumxalq xayriya hashari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.
Hashar davomida maktab hududi tozalandi, daraxtlar atrofi tartibga keltirildi, hovli va sinfxonalar yanada obod qilindi.
Ustozlar, xodimlar va o‘quvchilar birgalikda faol qatnashib, jamoaviylik va hamjihatlikning go‘zal namunasini ko‘rsatdilar.
Bunday ezgu ishlar nafaqat atrof-muhitni obodonlashtiradi, balki yosh avlod qalbida mehnatsevarlik, poklik va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
Obod yurt – obod kelajak garovi!
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.