Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumta’lim maktabida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida kelajak soatlari o‘tkazildi.
Mazkur darslarda o‘quvchilarga so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ilmiy, adabiy va ma’naviy merosi haqida keng va mazmunli tushunchalar berildi.
Buyuk ajdodlarimizning asarlari orqali yoshlar qalbida milliy g‘urur 🇺🇿, vatanparvarlik, ma’rifat va tarixiy xotira tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Dars davomida o‘quvchilar she’rlar o‘qidilar, fikr-mulohazalar bildirdilar va ajdodlarimiz merosining bugungi va kelajak avlod uchun naqadar muhim ekanini anglab yetdilar.
Dars shiori:“Buyuk meros unutilsa — xalq zaiflashadi.
Buyuk meros asralsa — xalq kuchayadi.”
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab
ta’limi bo’limi Matbuot xizmati