Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli umumta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlov davomida o‘quvchilar o‘z iqtidor va bilimlarini quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha namoyon etishdi:
Rasmlar
Devoriy gazetalar
Qo‘l mehnati ishlari
Insholar
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan va ijodkorlik bilan ajralib turgan g‘olib sinflar munosib taqdirlandi.
Mazkur tadbir o‘quvchilar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlarga qarshi immunitetni mustahkamlashga xizmat qildi.
Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz!
Birgalikda giyohvandlikka qarshi kurashaylik!
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.