Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni Vatanga sodiq, hushyor va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida maktab ma’muriyati, inspektor-psixolog hamda Favqulodda vaziyatlar xizmati bilan hamkorlikda muhim tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zini va atrofdagilarni himoya qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, “Yosh qutqaruvchi” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi o‘tkazilib, unda o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Ushbu tadbir yoshlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, hayotiy xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati