Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinflar kesimida “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” mavzusida "Kelajak soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga jasorat, mardlik, vatanparvarlik va g‘alabaga intilish kabi yuksak fazilatlar haqida atroflicha tushunchalar berildi. O‘tmish va bugungi kun qahramonlari misolida yosh avlodning ongida yurtga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitib, ularni kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga undadi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.