2025-yil 25-dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabida boshlangʻich sinflar ishtirokida Yangi 2026-yil oldidan bayramona tarzda “BVD isi o‘g‘irlangan Yalmog‘iz” mavzusida madaniy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkillashtirildi. O‘quvchilar tomonidan musiqiy spektakl namoyish etildi. Tadbirda Komolon MFY Xotin-qizlar bilan ishlash kotibi, maktab ma’muriyati, fan o‘qituvchilari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbir yuksak saviyada tashkillashtirilgan. Tashrif buyurgan mehmonlar, Jamoatchilik kengashi a’zolari va ota-onalar maktab ma’muriyati, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga maktab direktorining “TASHAKKURNOMA”si tantanali ravishda topshirildi va esdalik uchun fotosuratlarga tushildi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.