“Prezident Olimpiadasi” musobaqalarida yuqori natija qayd etgan sportchilar taqdirlandi. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 B - sinf o‘quvchisi Murodxonova Zuhra Taekvando sport turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Taqdirlash marosimida sportchi o‘quvchimizga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov tomonidan planshet topshirildi. Shuningdek, uning murabbiyi 13-sonli maktabning sobiq o‘quvchisi Dildora Ummatalievaga televizor sovg‘a qilindi.
Sportchi o‘quvchimiz va murabbiyini tabriklaymiz hamda kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati