Tadbir davomida ota-onalar va mehmonlar maktab hayoti, o‘quv jarayonlari hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, ko‘rgazmalar va bayramona dasturlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ushbu ochiq eshiklar kuni maktab, ota-ona va o‘quvchi hamkorligini mustahkamlash, ta’lim muhitining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qildi. Yangi yil arafasidagi ushbu samimiy uchrashuv barchaga iliq kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati