Maktabimizda 6 B - sinfida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan adabiyot fanidan “Rahmat sizga, xonim” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
Dars jarayonida asarning mazmun va g‘oyasidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik va insoniylik tuyg‘ulari shakllantirildi. Mashg‘ulot bayramona ruhda, qiziqarli va samimiy muhitda tashkil etildi.
Qorboboning tashrifi darsga alohida fayz bag‘ishlab, bolajonlarga unutilmas quvonch ulashdi. Yangi yil bayrami arafasida o‘tkazilgan ushbu ochiq dars barcha ishtirokchilarga iliq kayfiyat baxsh etdi.
Darsni olib borgan: S.B. Makhkamova
Sana: 18.12.2025