Maktabimizda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida 2 B - sinfida matematika fanidan ochiq dars o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarda tenglamalarni yechish bo‘yicha dastlabki tushunchalar shakllantirildi, mantiqiy fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmalari rivojlantirildi. Dars interaktiv usullar asosida, qiziqarli mashqlar va amaliy topshiriqlar bilan boyitildi.
Ota-onalar dars jarayonida ishtirok etib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning faolligiga guvoh bo‘ldilar.
Sinf rahbari: Saydaxmedova Musavvar
Dars mavzusi: “Tenglamalar”