Maktabimizda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ota-onalar ishtirokida psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida ota-onalar bilan samarali muloqot, farzand tarbiyasida psixologik yondashuv, o‘quvchi shaxsini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy muhitning ahamiyati haqida muhim tushunchalar berildi.
Mashg‘ulotlar interaktiv tarzda olib borilib, ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Ushbu trening maktab va ota-ona hamkorligini mustahkamlash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.