Maktabimizda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida 8 - sinflar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Intellektual bellashuv davomida o‘quvchilar bilim, mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, faollik va qiziqish muhitini kuzatish mumkin bo‘ldi. Mazkur intellektual o‘yin Gulchehra Baratova tomonidan tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbir o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!