Shayxontohur tumani 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Maxkamova Sanoat Baxramovna milliy sertifikat imtihonida yuqori natija ko‘rsatib, 100% lik “A” darajadagi sertifikatga ega bo‘ldilar.
Ustozimizning bu yuksak natijasi ularning puxta bilimga, yuksak mas’uliyatga va o‘z ustida tinimsiz ishlashiga yorqin dalildir.
O‘qituvchimizni chin dildan tabriklaymiz! Kelgusi ishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Bunday zahmatkash va fidoyi pedagoglar safi yanada ko‘payaversin!