2025-yil 9-dekabr kuni Shayxontohur tumani 13-maktabida Juma – Ma’naviyat kuni munosabati bilan 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiyani bilish – o‘z huquqini anglash” mavzusiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirda 11-“A”, 11-“B” va 11-“V” sinf jamoalari o‘zaro bellashib, quyidagi yo‘nalishlarda bilim va salohiyatini namoyish etdi:
— ⚖️ Konstitutsiya va inson huquqlari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash
— 🧠 Mantiqiy va tezkor fikrlashni rivojlantirish
— 🤝 Jamoada ishlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini shakllantirish
— 📚 Huquqiy savodxonlikni oshirish
Tadbir o‘quvchilarning huquqiy ongi va faolligini kuchaytirish, ularni ongli fuqarolik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Intellektual muhit, sog‘lom raqobat va yuqori faollik o‘yin davomida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati