Shayxontohur tumani 13-maktabida “Kelajak soati” doirasidagi navbatdagi dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu safargi mashg‘ulot “Mening huquqlarim” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dars davomida o‘quvchilarga:
— bolalar huquqlari va ularni himoya qilish tizimi haqida tushunchalar berildi;
— Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklar yoritib berildi;
— huquqlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanishning ahamiyati tushuntirildi.
O‘quvchilar mavzu bo‘yicha savol-javoblarda faol ishtirok etdilar, real hayotiy misollar orqali huquqiy bilimlarini mustahkamlashdi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda huquqiy onglilikni shakllantirish va o‘z huquqini biladigan, mas’uliyatli shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab
ta’limi bo’limi Matbuot xizmati