
Shayxontohur tumani 13-maktabda zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar va ustozlar bir-birini hurmat qilish, mehr va xushmuomalalik bilan muomala qilishning muhimligi haqida fikr almashdilar.
🔹 O‘quvchilarning mavzuga oid chiqishlari
🔹 Sahna ko‘rinishlari
🔹 Muhokama va savol-javoblar
Barchamiz jamiyatda tinchlik, hurmat va mehr ustuvor bo‘lishi uchun birgalikda harakat qilamiz!
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.