Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Iroda Yuldasheva, tuman sektor rahbarlari, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, maktab direktorlari va ota-onalar ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o'tgan uchrashuvda tuman yoshlarining erishayotgan yutuqlari bilan birgalikda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to'xtalinildi. Tadbir doirasida joriy yilda mavjud 35 ta umumta'lim maktabini a'lo baholarga bitirgan 73 nafar yigit-qizga oltin, 8 nafariga esa kumush medallar hamda tuman hokimining sovg'asi — planshetlar tantanali topshirildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati