Toshkent shahar Shayxontohur tumani 13-sonli maktabning "KAMALAK" nomli yozgi oromgohi 9-iyun kuni o‘z faoliyatini tongi badantarbiya mashqlari bilan boshlandi. Sinf xonasiga kirilgandan so‘ng oʻquvchilarga tarbiyaviy mazmundagi kinofilm namoyish etildi. "Oila muqaddas" mavzusida suhbat o‘tkazildi va qo‘l teatri qahramonlari bilan oila haqida gapirib berildi. Rus tili, ingliz tili to‘garaklari o‘z faoliyatini muntazam yuritib borishmoqda.