Joriy yilning 3 iyun kuni Shayxontohur tumani 13-maktabda "KAMALAK" nomli sog‘lomlashtirish maydonchasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Maydonchada bolalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ular maroqli dam olishlari, yangi do‘stlar orttirishlari va o‘z iste’dodlarini namoyish etishlari uchun keng imkoniyatlar mavjud. Maydonchada yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida jismoniy tarbiya, inqliz tili, texnologiya va musiqa to'garaklari faoliyat yurutdilar. Jami bolalar soni 100 nafarga yetdi.
Maydoncha rahbari:S.T.Abduraxmonova