9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shayxontohur tumani 13-sonli maktabda "Inson qadri-ulug‘, xotirasi muqaddasdir" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shayxontohur tumanining ta'limi, tarbiyasi, tinchligi yo'lida xizmat qilgan fidoyi, jonkuyar, rahbar va faxriy ustozlari tashrif buyurishdi,
o'quvchilar o‘z badiiy chiqishlarini manzur qilishdi. tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik uchun sovg‘alari ulashildi.
Uch avlod uchrashuviga yanada fayz bag'ishlash maqsadida dasturxon yozildi. Go‘zal tarix, o‘tganlar yodini xotirlab, ko‘rkam kelajak haqida suhbat qurib, faxriylar o‘z hayot tajriba va bilimlaridan tavsiyalar berishdi.
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi Matbuot xizmati.