Bugun Shayxontohur tumanidagi 13-maktabda o‘zgacha bir iliqlik va mehr-muhabbat muhitida ochiq eshiklar kuni va bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bu tadbir — ustozga bo‘lgan ehtirom, inson qadri va xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmatning yorqin namunasi bo‘ldi. Faxriy ustozlar taklif qilinib, ularning boy tajribasi, donishmand fikrlari bilan yosh avlod o‘qituvchilari ilhom oldilar.
Tadbir doirasida barcha fanlardan ochiq darslar, tabiiy fan o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanish soatlari tashkil etildi. Dars jarayonlariga faol ishtirok etgan faxriy ustozlar bilan metodik muloqotlar, tajriba almashinuvi maktab jamoasi uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi.
Maktab direktori tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, ta’lim sifati ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olingani — bu rahbarning mas’uliyatli, fidoyi va tashabbuskor ekanidan dalolatdir. Ana shunday yetakchi rahbarlar, fidokor ustozlar bor ekan, maktabimizda yutuqlar bardavom, ta’limda taraqqiyot muqarrar bo‘ladi.
Har bir ustoz bu maktabda qadrlanadi, har bir mehnat e’tirof etiladi. Zero, inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddasdir!
Z. Xaydarova