Xabaringiz bor, (https://t.me/uzedu/25756) 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.
➖ Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari quyidagi (https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/43595) manzillarda oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
📍 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.